Huawei 1
Farg'ona davlat universiteti va Ozarbayjonning Odlar Yurdu universiteti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

O'zbekiston elchixonasi ko'magida Farg'ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyaning Ozarbayjonga ishchi safari tashkil etildi

15-17-oktabr kunlari bo'lib o'tgan tashrif davomida Ozarbayjonning Odlar Yurdu universitetida madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda Ozarbayjon parlamenti, Milliy Fanlar akademiyasi vakillari, universitet professor-o'qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Odlar Yurdu universiteti rektori Axmed Veliyev so'zga chiqib, o'zbek va ozar xalqlari aloqalarining ildizlari uzoq o'tmishga borib taqalishini ta'kidladi. Bunga Nizomiy, Navoiy, Fuzuliy adabiy merosi misol ekanligi qayd etildi.  

O'zbekiston elchi Bahrom Ashrafxanov ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarni barcha yo'nalishlarda sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishda mamlakatlar yetakchilarining xizmatlarini e'tirof etdi. Ikki tomonlama munosabatlarning lokomotivi bo'lgan madaniy-gumanitar sohaning ahamiyati qayd etildi, shuningdek, ta'lim va fan yo'nalishida hamkorlikni yana-da rivojlantirish uchun ulkan salohiyat borligi aytib o'tildi. 

Farg'ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov  o'z chiqishida davlatimiz rahbari tomonidan ilm-fan va ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, o'zbek tili va adabiyotini xalqaro maydonda keng targ'ib qilish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida so'zlab berdi.

Tadbir doirasida Odlar Yurdu universiteti va Farg'ona davlat universiteti o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi memorandum imzolandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102201 | Инструменты