Huawei 1
O'zbekistonda mahsulot xavfsizligiga doir 23 ta texnik reglament qabul qilinadi

Milliy standartlarning xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashish darajasi 28,6 foizdan 30 foizga yetkaziladi hamda mahsulot xavfsizligiga doir 23 ta texnik reglament qabul qilinadi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi axborot xizmati rahbari Abdurauf Rasulov maʼlum qildi.

Shuningdek, xalqaro menejment tizimi standartlari 478 ta korxonaga joriy etilib, korxonalar soni 1. 575 taga yetkaziladi.

Xalqaro tashkilotlar grant va texnik ko‘maklarini faol jalb etish orqali 50 nafar mutaxassisning bilim va ko‘nikmalari oshiriladi.

Mahalliy sanoat korxonalarida, soha yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan bilim va ko‘nikmalari oshirilgan mutaxassislar soni 2. 733 nafardan 3. 500 nafarga yetkaziladi.

Xalqaro talablarga asosan ilk bor standart namunalarni tayorlovchi laboratoriya tashkil etiladi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “UZINFOCOM – yagona integrator” bilan hamkorlikda “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi ishga tushiriladi.

Amalga oshirilgan ishlarning mantiqiy davomi sifatida sohani xalqaro darajada yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha 2025 yilga bir qator asosiy vazifalar belgilab olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102201 | Инструменты