5 oyda O‘zbekistonga 7,4 ming nafar xorijliklar o‘qish maqsadida keldi

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-may oylarida jami 7,4 ming nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 ming nafarga yoki 65,2 % ga oshgan.

Yanvar-may oylarida O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

Hindiston — 2 241 nafar;

Turkmaniston — 1 937 nafar;

Tojikiston — 950 nafar;

Qirg‘iz Respublikasi — 450 nafar;

Pokiston — 273 nafar;

Janubiy Koreya — 266 nafar;

Xitoy — 266 nafar;

Afg‘oniston — 147 nafar;

AQSH — 132 nafar;

Qozog‘iston — 122 nafar;

Boshqa davlatlar — 618 nafar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70600 | Инструменты