Huawei 1
9 oy davomida: O'zbekiston 9,3 mln dollarlik konservalangan meva-sabzavotlarni eksport qildi

O'zbekistonda joriy yilning o'tgan 9 oyi davomida 9 mln 365 ming AQSH dollari qiymatidagi 8720 tonna konservalangan meva-sabzavotlar eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi. Bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 3607,4 tonnaga ko'p demakdir.

Joriy yilda konservalangan meva-sabzavotlar eksportidan ko'rilgan daromad o'tgan yilning shu davriga nisbatan 24 foizga oshdi.

Davlat bojxona qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, konservalangan meva-sabzavotlarning 37 foizi Rossiyaga, 26,4 foizi Qozog'istonga hamda 26 foizi Afg'onistonga eksport qilingan.

Shuningdek, joriy yilda konservalangan meva-sabzavotlarning Tojikistonga eksporti 3,8 barobarga, Janubiy Koreyaga eksporti 3,1 barobarga, Ukrainaga eksporti 1,7 barobarga, Qirg'izistonga eksporti 1,6 barobarga va Turkmanistonga eskporti 1,3 barobarga ortgan.
O'zbekistondan konservalangan meva-sabzavotlar  eksport qilingan davlatlar qatoriga joriy yilda Belarus va Italiya davlatlari ham qo'shildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51223 | Инструменты