Joriy yilning 5-yanvaridan 30-sentyabriga qadar YAIDPX (davlat xizmatlar) orqali kelib tushgan jami 5 806 ta murojaatlarda davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan 358 877 tup daraxt va butalarni kesish, ko‘chirib o‘tkazish hamda butash so‘ralgan.
Shundan 2 321 ta murojaat bilan 52 027 tup daraxtlarni kesishga va 2 108 ta murojaatda 134 405 tup daraxtlarni kesishga rad javobi berilgan. Shundan, 306 850 tup daraxt saqlanib qolindi.
Bundan tashqari, 137 ta murojaatdagi 59 550 tup daraxtar ko‘chirib o‘tkazish hamda 1 240 ta murojaat bilan 112 895 tup daraxtlari butashga ruxsat etilgan.
9 oy davomida davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlardan tashqari, Qizil kitobga kiritilmagan o‘simlik turlarini yig‘ish (tayyorlash)/tabiiy muhitdan ajratib olishga jami 64 ta ruxsatnoma berildi.
Yovvoyi o‘simliklarni va ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish uchun jami 252 ta ruxsatnoma berilgan.
2022-yil bahor mavsumida rejadagi 125 mln 30 ming dona o‘rniga, 126 mln 414 ming (rejaga nisbatan 101,1 foiz) dona ko‘chatlar ekildi.
Shundan, mahallalar va boshqa obyektlar hududlarida 25,8 mln dona, fermer xo‘jaliklari ekin yer maydonlari chetlariga hamda ihota daraxtlari 44,8 mln dona, ijtimoiy soha obyektlari hududlarida 6,2 mln dona, avtomobil yo‘llari yoqasiga 4,6 mln dona, Obodonlashtirish obyektlariga 21,8 mln dona, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlariga 23,2 mln dona ko‘chatlar ekildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61607 | Инструменты