Huawei 1
9 oyda O‘zbekistonga 5,7 mln nafar sayyoh keldi

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 5,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 825,8 ming nafarga yoki 16,8 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

Tojikiston – 1,6 mln nafar;

Qirg‘iz Respublikasi – 1,6 mln nafar;

Qozog‘iston – 1,1 mln nafar;

Rossiya – 609,7 ming nafar;

Turkmaniston – 120,4 ming nafar;

Turkiya – 84,3 ming nafar;

Xitoy – 50,4 ming nafar;

Hindiston – 48,6 ming nafar;

Janubiy Koreya – 32,6 ming nafar;

Italiya – 30,3 ming nafar;

boshqa davlatlar – 311,9 ming nafar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102219 | Инструменты