2024-yilning 9 oyi davomida mamlakatimiz muzeylariga jami 3 004 549 nafar mahalliy va xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Madaniy meros agentligi axborot xizmati rahbari Mohinur Imomova maʼlum qildi.
Muzeylarga mahalliy va xorijiy sayyohlarni keng jalb qilish maqsadida 27 ta muzeyda sovg‘alar va suvenir do‘koni, hunarmandlar ustaxonasi va savdo shoxobchalari, onlayn do‘konlar, rassomlar, artistlar va folklor jamoalari, hunarmandlar uchun hamda fotosessiya uchun maxsus hududlar tashkil etildi.
Muzeylarga inklyuziv shart-sharoitlar yaratish maqsadida 53 ta muzeyda pandus yo‘lakchasi, 9 ta muzeyda ko‘tarilish vositasi (lift) o‘rnatildi va 35 ga yaqin muzeylarda audiogidlar tashkil etildi.
2024-yilning tegishli davri davomida madaniy boyliklarni olib chiqilishi uchun rasmiylashtirilgan sertifikatlar soni 918 tani, unga asosan respublikadan olib chiqishga ruxsat berilgan ashyolar soni 10,980 tani, madaniy boyliklarni vaqtincha olib chiqishga berilgan sertifikatlar soni esa 34 tani, predmetlar soni 369 tani tashkil etdi.
2024-yil 1-sentyabr holatiga ko‘ra respublika hududida jami hisobda 8 366 ta (7836 ta davlat mulki, 530 ta xususiy mulk) madaniy meros obyekti Vazirlar Mahkamasining 846-sonli qaroriga asosan milliy ro‘yxatga kiritilib, ushbu ro‘yxat qayta shakllantirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111519 | Инструменты