Huawei 1
O‘zbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasida transchegaraviy savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitim ishtirokchisiga aylandi

O‘zbekiston 5-noyabr kuni “Osiyo va Tinch okeani mintaqasida transchegaraviy qog‘ozsiz savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi hadli bitim”ning rasmiy ishtirokchisiga aylandi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

BMTning Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha iqtisodiy-ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) tomonidan 2016-yilda qabul qilingan ushbu hujjat elektron savdo hujjatlarini o‘zaro tan olish uchun shart-sharoitlar yaratishga hamda milliy va submintaqaviy tizimlarning operatsion muvofiqligini oshirishga qaratilgan.

Hujjat O‘zbekiston uchun 2025-yil 3-fevraldan kuchga kiradi. Bugungi kunga qadar ushbu bitimga rasman 14 ta davlat qo‘shilgan.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi O‘zbekistonda bitimni amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.

O‘zbekistonning ushbu hujjatga qo‘shilishi mamlakatning qog‘ozsiz savdo xalqaro tizimiga integratsiyalashuvi, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi do‘st davlatlar bilan eksport-import operatsiyalarini jadallashtirish va soddalashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111521 | Инструменты