Huawei 1
15-noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Urganch va A380 trassasi o‘rtasidagi 81 km yo‘l rekonstruksiya qilinadi

Loyihani amalga oshirish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan 18 yil muddatga, to‘rt yillik imtiyozli davr bilan 238 million dollar miqdorida kredit jalb etildi.

Prezident "Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi

Qonun 5-bob va 51-moddadan iborat bo‘lib, qonun bilan bolaga nisbatan zo‘ravonlik tushunchasi va jismoniy, jinsiy va ruhiy zo‘ravonlikdan tashqari uning yangi shakllari - g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya, bulling kabilar ham e’tirof etilmoqda.

Buxoro amirligi tangalarini xorijga olib ketayotgan shaxs ushlandi

Qashqadaryo viloyatidagi Qarshi aeroporti orqali qadimiy tangalarni olib chiqishga urinishning oldini oldi.

ACWA Power O‘zbekistonda $1,1 mlrdlik elektr energiyasini saqlash tizimlarini quradi

Dastlabki baholashlarga ko‘ra, elektr energiyasini saqlash tizimlarining quvvati 2 GVtni tashkil etadi va loyiha qiymati $1,1 mlrdga baholanmoqda.

AI-80 benzinining birja narxi yuqori narxlar chegarasi o‘rnatilganidan so‘ng bir kunda 8%ga pasaydi

Shuningdek, chorshanba kuni birjada propan 7,5%ga arzonlashdi, ammo uning sotilish hajmi qisqarishda davom etmoqda.

Yangiyoʻl shahriga yangi hokim tayinlandi

Ravshan Raimov Yangiyoʻl shahri hokimi etib tayinlandi.

Jenevada SMTI va Global hamkorlik va barqarorlik xalqaro jamg'armasi o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi

Terrorizm va ekstremizmning onlayn targ'ibotiga qarshi kurashish, yoshlarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratiladi.

O‘zbekistonda avtokreditlar sezilarli miqdorda kamaydi

Joriy yilning dastlabki 9 oyida banklar tomonidan aholiga jami 12,8 trln. so‘m miqdorida avtokreditlar ajratilgan bo‘lib, 2023 yilning mos davridagiga nisbatan 2,4 barobarga kamaygan.

Samarqandda diniy ekstremistik materiallarni tarqatgan 19 yoshli yigit qamaldi

U Telegram‘da guruh ochib, internetdan yuklab olingan diniy mazmundagi musiqalarni joylab borgan. Ushbu guruhga qariyb 1,5 yil davomida ekstremistik va aqidaparastlik g‘oyalari aks etgan nashidalar yuborilgan.

BMT Orolbo‘yida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha 6 yillik ish natijalarini taqdim etdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oʻzbekiston hukumati va rivojlanish boʻyicha asosiy hamkorlar bilan birga Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Orol dengizi mintaqasida barqaror rivojlanish boʻyicha COP29 yordamchi tadbirini tashkil qildi.

Yangiyo‘lda 5 kishini o‘ldirishda gumonlangan shaxsga nisbatan sud ishi boshlandi

Joriy yilning iyul oyida Toshkent viloyatida Yangiyo‘l tumanida bir oilaning barcha a’zolari o‘ldirilib, uyiga o‘t qo‘yib yuborishda gumonlangan shaxsga nisbatan ochilgan jinoyat ishini sudda ko‘rib chiqish boshlandi.

Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini toifalash tartibi tasdiqlandi

Tasdiqlangan vaqtinchalik nizomga ko‘ra, muhim axborot infratuzilmasi obyektlariga egalik qiluvchi subyektlar har yili kamida bir marta ushbu obyektlarni toifalashi shart. Buning uchun tegishli komissiya tuzish lozim.

2025-yildan O‘zbekistonga ayrim quyosh panellari importi cheklanadi

2025-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda BNEF Tier-1 xalqaro ro‘yxatiga kirmaydigan kompaniyalardan quyosh panellari, invertorlar va elektr energiyasini saqlash tizimlarini import qilish taqiqlanadi.

O'zbekiston elchisi Yevropa kengashi Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O'zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi missiyasi rahbari, elchi G'ayrat Fozilov Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishelga o'zining ishonch yorliqlarini topshirdi.

Toshkentda sifatni tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 199 mln so‘mlik dorini sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111520 | Инструменты