Huawei 1
10 oyda O'zbekistonda 4 trln so‘mlik farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarildi

AOKAda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Anvarxon Akabirov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot berildi

Xususan, o‘tgan 10 oy davomida 2,73 trln so‘mlik dori vositalari, 771 mlrd so‘mlik tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar hamda 498 mlrd. so‘mlik boshqa turdagi farmatsevtika mahsulotlari, yaʼni, biologik faol qo‘shimchalar va gigiyenik vositalar ishlab chiqarildi.

Farmatsevtika yo‘nalishida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida 147 mln AQSH dollari mablag‘lar o‘zlashtirildi. Shundan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar – 92 mln AQSH dollarni tashkil etdi.

Joriy yilning 10 oyida 12 ta loyiha ishga tushirildi, ular doirasida 641 nafar yangi ish o‘rinlari va 145 mlrd. so‘mlik ishlab chiqarish quvvatlari yaratildi.

Korxonalar tomonidan 153,2 mln AQSH dollarlik mahsulotlar eksport qilindi. Eksportchi korxonalar soni 36 taga ortib, jami 365 tani tashkil etmoqda. Ushbu korxonalar tomonidan 45 ta davlatga mahsulotlar eksport qilinmoqda.

Dorixonalar tomonidan GPP sertifkati uchun jami 5 311 ta ariza topshirildi. Yil yakuniga qadar respublikadagi barcha tarmoqli dorixonalarda GPP standartini joriy etish ishlarini yakunlash belgilangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111519 | Инструменты