Oliy sud plenumining navbatdan tashqari majlisida ayrim tumanlararo maʼmuriy sudlarga ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlangan sudyalarning qasamyod qabul qilish marosimi o‘tkazildi.
Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimov sudyalar soni yangi aʼzolar bilan to‘ldirilayotgani sudyalarning ish yuklamasi maqbullashuviga, o‘z navbatida, odil sudlovning samaradorligi va fuqarolarning sudga bo‘lgan ishonchi ortishiga olib kelishini qayd etdi.
Majlisda Sudyalar oliy kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi qaroriga muvofiq sudyalik lavozimda bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga tayinlangan Q.Sultanov, M.Kamolov va A.Imatovning qasamyodi eshitildi.
Qasamyod qabul qilgan sudyalarga sudyalik guvohnomalari topshirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111519 | Инструменты