Huawei 1
Akrom Toshpo‘latov Parlament tadqiqotlari instituti direktori etib tayinlandi

Akrom Ikromovich Toshpo‘latov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti direktori lavozimiga tayinlandi.

Toshpo‘latov shu kunga qadar Toshkent davlat yuridik universiteti, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, parlamentarizm muammolarini tadqiq etish, huquq, siyosat, iqtisodiyot va boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining maqsad va vazifalariga muvofiq parlamentarizmni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surish hamda xorijiy parlamentlar va xalqaro parlamentlararo tashkilotlar faoliyatini o‘rganish natijalari asosida parlament faoliyatini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish Parlament tadqiqotlari institutining asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 80216 | Инструменты