Qozog‘istonlik estrada xonandasi, 39 yoshli Alisher Karimovga Qozog‘iston xalq artisti unvoni berildi. Bu haqda xonanda Instagram orqali ma’lum qildi.
«Aziz do‘stlar! Bugun men uchun tarixiy kun — «Qozog‘iston Respublikasi xalq artisti» unvoniga loyiq topildim. Bu yuksak mukofotni mamlakat prezidentining qo‘lidan qabul qilish yanada sharafli», — deb yozdi, jumladan, xalqaro vokal tanlovlarining qatnashchisi.
Ma’lumot uchun: Alisher Karimov 1985-yilning 28-oktyabrida Qozog‘istonning Jambul (hozirgi Taraz) shahrida o‘zbek oilasida tug‘ilgan. Qo‘shiqlarini asosan o‘zbek, qozoq, va rus tillarida ijro etadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71303 | Инструменты