Norboyev Alisher Erkinjon oʻgʻli Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Samarqand viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.
Bunga qadar u Samarqand viloyati hududiy Innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshligʻi bo'lib faoliyat yuritgan.
Alisher Norboyev 1992-yil Samarqand viloyatida tugʻilgan. U 2018-yil Toshkent davlat texnika universiteti (bakalavr), 2020-yilda ushbu universitet magistratura bosqichini tugatgan.
2016-2019-yy. Toshkent davlat texnika universitetining ilmiy-amaliy loyihasi hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish boʻlim muhandisi bo'lib ishlagan. 2019-2021-yy. Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi ilmiy xodimi, 2021-yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi Samarqand viloyati hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21211 | Инструменты