Huawei 1
Alisher Qodirov: Qonunchiligimizda sovet mafkurasi, davri va ramzlarini targ'ib qilish taqiqlanishi lozim

Avvalroq, Samarqandda SSSRni qayta tiklash bo‘yicha targ‘ibot olib borgan shaxs jinoiy jazoga tortilgani haqida xabar bergan edik. 

"Milliy tiklanish" partiyasi yetakchisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov sud qarorini olqishlashini bildirib o'tdi.

"O'zbek xalqi SSSR boshqaruvi tomonidan kamsitilgan, tahqirlangan va hanuzgacha o'sha davrning og'ir jarohatlarini davolamoqda.

Millatlar, qadriyatlar va e’tiqodni rad etgan sovet mafkurasi nafaqat o'zbek xalqi, butun insoniyat boshiga balo bo'lib keldi va qoldiqlari hozirgacha balo bo'lmoqda.

Qonunchiligimizda sovet mafkurasi, davri va ramzlarini targ'ib qilish taqiqlanishi lozim.

Albatta, tariximizning bu ayanchli davri tahlil va muhokama qilinishi kerak, lekin uni ma’qullash yoki targ'ib qilish nafaqat Konstitutsion tuzumga jinoyat, balki xalqimizga va qonli tuzum qurbonlariga aylangan ajdodlarimizga xiyonat sifatida baholanishi zarur", - deya yozgan u Telegram kanalida

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91903 | Инструменты