Bundan oldin u deputat dahlsizligi huquqidan mahrum qilingan edi
Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov eski lavozimida (viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i) ishlagan vaqtda sheriklari bilan katta summada budjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda Uzreport.news saytiga Respublika Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Xayot Shamsutdinov ma'lum qildi.
"Jinoyat ishi doirasida 6-iyun kuni Andijon shahar sobiq hokimi gumonlanuvchi tariqasida protsessual tartibda ushlangan", - deya ta'kidladi Xayot Shamsutdinov.
Shuningdek, ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmasligini qo'shimcha qildi.
Eslatib o'tamiz, Bahrom Haydarov joriy yil 28-may kuni deputat dahlsizligi huquqidan mahrum qilingan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22112 | Инструменты