Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yil davomida Angliyadan O‘zbekistonga 21 128 nafar turistlar tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich 2023-yil bilan solishtirilganda 4 963 nafarga oshgan.
2024-yilda Angliyadan O‘zbekistonga kelgan turistlarning asosiy safar maqsadlari:
- sayohat – 17 583 nafar
- qarindoshlarni yo‘qlash – 2 123 nafar
- xizmat yuzasidan – 1 267 nafar
- tijorat – 82 nafar
- o‘qish – 64 nafar
- davolanish – 9 nafar.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin bir yilda Germaniyadan O‘zbekistonga 37,5 ming nafar turist kelgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22206 | Инструменты