Huawei 1
Sirdaryodagi AGTKSh 5,7 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgani aniqlandi

Sirdaryodagi AGTKSh 5,7 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi “P. M. G.” MCHJ mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompresslash shoxobchasining hisoblagichiga tashqi taʼsir ko‘rsatishi oqibatida 5,7 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Marg‘ilondagi AGTKSh 456 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22206 | Инструменты