Huawei 1
Xorazm viloyati sholi yetishtiruvchilariga qo‘shimcha subsidiyalar ajratiladi

Vazirlar Mahkamasining 17-fevral kungi qarori bilan sholi yetishtiruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilandi.

Hujjat yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini qo‘llash ko‘lamini kengaytirish, sug‘oriladigan yerlarning unumdorligini oshirish maqsadida qabul qilingan.

2025−2026-yillarda ishlab chiqaruvchidan xarid qilingan va xarid qilinganligiga bir yildan oshmagan, mahalliy ishlab chiqarilgan yoki import qilingan zamonaviy sholi urug‘ini ekish seyalkalari hamda ko‘chatlab ekish uskunalari qiymatining 20 foizini qoplab berish uchun davlat budjetidan subsidiyalar ajratiladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligining hisob-kitoblariga asosan budjet parametrlarida Xorazm viloyatidagi sholi yetishtiruvchilarga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan yer tekislash xarajatlari hamda 2025−2026-yillarda xarid qilingan zamonaviy sholi urug‘ini ekish seyalkalari va ko‘chatlab ekish uskunalari qiymatining bir qismini qoplab berish uchun subsidiyalarga talab etiladigan mablag‘larning nazarda tutilishini ta’minlaydi.

Hujjat bilan quyidagilar belgilandi:

  • Xorazm viloyatidagi sholi yetishtiruvchilariga lazer qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yonilg‘i-moylash materiallari qiymatining 100 foizi, lekin 1 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan qismi qoplab beriladi;
  • 2025−2026-yillarda ishlab chiqaruvchidan sotib olingan (sotib olingan kundan bir yildan oshmagan) mahalliy yoki import zamonaviy sholi seyalkalari va intensiv ekish texnikasi qiymatining 20 foizini qoplash uchun budjetdan subsidiyalar ajratiladi.

Xorazm viloyatining har bir tumanida sholichilarga lazerli tekislash qurilmasi yordamida tekislangan har bir gektar ekin maydoni uchun yoqilg‘i-moylash materiallariga, shuningdek sholi seyalkalarini xarid qilish uchun subsidiyalar ajratishda yordam ko‘rsatish maqsadida tuman ishchi guruhi tashkil etiladi.

Dalani lazerli tekislash qurilmasi bilan tekislagandan so‘ng sholikorlar 5 ish kuni ichida yoqilg‘i-moylash materiallari xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish to‘g‘risidagi ariza bilan “Agrosubsidiya” AT orqali tuman ishchi guruhiga murojaat qilishlari kerak. Tuman ishchi guruhi hujjatlarni 5 kun ichida ko‘rib chiqadi va xulosa beradi.

“O‘zagroinspeksiya” Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda xulosa olingan kundan boshlab uch ish kuni ichida subsidiyalar ajratish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Zamonaviy sholi seyalkalari va intensiv ekish uskunalari uchun subsidiya oluvchi ularni kamida 3 yil davomida maqsadli va samarali foydalanishi shart.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2025−2026-yillarda Xorazm viloyatida sholi yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi qishloq xo‘jaligi subyektlariga lazer qurilmasi bilan jihozlangan tekislash qurilmasidan foydalangan holda yerlarni tekislash bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun subsidiyalar berish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom;
  • 2025−2026-yillarda xarid qilingan zamonaviy sholi seyalkalari va intensiv ekish texnikasi qiymatining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18-fevraldan kuchga kirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22207 | Инструменты