Huawei 1
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari vafot etdi

Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Avazbek Ergashev vafot etdi.

Avazbek Ergashev 1966 yilda Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. Andijon paxtachilik instituti (hozirgi Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti)ni tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1983-yilda Oltinko‘l tumani «Oq-tepa» shirkat xo‘jaligi a’zosi vazifasidan boshlagan.

1992-2022-yillarda Andijon viloyati Oltinko‘l tumani «Oq-tepa» shirkat xo‘jaligi a’zosi, entomolog-agronomi, bosh agronomi, rais o‘rinbosari, Oltinko‘l tumani qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi urug‘chilik bo‘limi bosh mutaxassisi, Andijon viloyati «Paxta urug‘chilik» birlashmasi raisi, O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi «G‘o‘za urug‘chiligi» respublika markazi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan.

2006-yil 18-yanvardan buyon Qo‘rg‘ontepa tumaniga rahbarlik qilib kelgan. 2020-2022-yillarda Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, 2020-2023-yillarda O‘zbekiston Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2015—2019-yillarda Oliy Majlis Senati a’zosi bo‘lgan.

2023yildan buyon Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122806 | Инструменты