2024-yil 7-dekabr soat 09:20 lar atrofida Asaka tumani, “Uchtosh” MFY, Uchtosh ko‘chasi 17-uyda yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro M.A va uning 1986-yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i M.A. larning jasadi yashash xonadonida qo‘l bola usulda yasalgan isitish pechiga solingan ko‘mir yoqilg‘isidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanish aʼlomatlari bilan topilgan.
Hodisa joyi tergov-tezkor guruhi aʼzolari tomonidan ko‘zdan kechirilib, fuqarolarning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan Asaka tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121818 | Инструменты