“Oʻzenergoinspeksiya” Andijon viloyat hududiy boshqarmasi va gaz ta’minot korxonasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Izboskan tumanida joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor "A.R." o‘ziga qarashli binoda hechqanday hujjatsiz, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu holat bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, gaz ta’minoti korxonasi tomonidan 186,1 mln so‘m miqdoridagi tabiiy gaz qayta hisob-kitob qilindi.
Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Qashqadaryoda 751 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etilgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41704 | Инструменты