11-noyabr kuni Andijon shahrida atmosfera havosidagi zararli zarrachalar miqdori keskin ortdi. Mutaxassislar aholiga sog‘lig‘ini asrash choralarini ko‘rishni tavsiya qilmoqda.
2025-yil 11-noyabr kuni avtomatik monitoring stansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Andijon shahrida atmosfera havosining ifloslanish darajasi yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etdi.
Soat 10:00 holatiga ko‘ra, PM10 mayda zarrachalari miqdori 502 mkg/m³ ni tashkil etib, bu yillik ruxsat etilgan me’yordan 1 barobar oshgan. PM2,5 mayda dispersli zarrachalar tarkibi esa 314 mkg/m³ gacha yetgan bo‘lib, me’yordan 8,9 baravar yuqori ekani aniqlandi.
Mutasaddilar Andijon aholisi va shaharga tashrif buyurgan fuqarolarga ochiq havoda bo‘lishni cheklash, niqob taqish hamda sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lishni tavsiya etmoqda
Alpha version: 0.9.1.19 build 111115 | Инструменты