Toshkentda havo sifati yomonlashdi: PM2,5 miqdori me’yordan 2,4 baravar yuqori

2025-yil 11-noyabr kuni soat 09:00 holatiga ko‘ra, atmosfera havosi ifloslanishini kuzatuvchi avtomatik monitoring stansiyalari ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrining havosida PM10 mayda dispersli zarrachalar miqdori 189 mkg/m³ ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich ruxsat etilgan me’yordan (300 mkg/m³) oshmagan.
Biroq PM2,5 zarrachalar miqdori 143 mkg/m³ gacha yetgan bo‘lib, bu ruxsat etilgan me’yordan (60 mkg/m³) 2,4 baravar yuqori ekani qayd etildi.

Mutasaddi idoralar poytaxt aholisi va mehmonlariga ochiq havoda uzoq vaqt bo‘lmaslik, jismoniy faoliyatni cheklash hamda tashqariga chiqqanda himoya niqoblaridan foydalanishni tavsiya etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111115 | Инструменты