Superligada ilk bor ayollar yordamchi hakam sifatida ishtirok etdi

10-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Superligasining 28-tur uchrashuvlarida ayol hakamlar ilk bor yordamchi hakam sifatida ishladi.

“Surxon” – “Sho‘rtan” bahsida Kristina Sereda va Zilola Rahmatova yordamchi hakam, Gulshoda Saitqulova zaxira hakami, Dildora Rustamova esa AVAR hakami sifatida faoliyat yuritdi.

Bu tarixiy voqea O‘zbekiston futbolida ayollar hakamligini rivojlantirish yo‘lida muhim qadamlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111117 | Инструменты