“O‘zenergoinspeksiya” Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Jalaquduq tumanida joylashgan “B.K.” MCHJga qarashli AYOQSh tomonidan sotilayotgan AI-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 48,3 mln so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.
Shuningdek, aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60202 | Инструменты