Huawei 1
Andijonda yuk mashinasi temiryo‘l ko‘prigiga borib urildi

Aniqlanishicha, joriy yilning 5-avgust kuni soat 4:00 larda 2002-yilda tug‘ilgan fuqaro A.S o‘zining boshqaruvida bo‘lgan “HOWO” rusumli yuk avtomashinasini Andijon tumani, Sanoat mahallasi hududidan o‘tgan 4R-116 avtomobil yo‘lining  83-kilometrida harakatlanib ketayotib, uxlab qolishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va temir yo‘l ko‘prigiga borib urilgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida  “HOWO” rusumli yuk avtomashinasi hamda temir yo‘l ko‘prigi zararlangan. Tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13104 | Инструменты