Huawei 1
Andijondagi g‘alladan bo‘shagan yer maydonida yong‘in sodir bo‘ldi

Joriy yilning 14-iyun kuni Ijtimoiy tarmoqlarda "Bo'ston tumanida o'rilgan bug'doyzor o'rni yonmoqda" sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. 

Holat yuzasidan Andijon viloyati FVB rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu video Izboskan tumani hududida joylashgan "NURULLO SAXOVATI" chorvachilik fermer xo'jaligi bo'lib 8 gektarlik g'alladan bo'shagan yer maydoni ekanligi aniqlandi

Hodisa oqibatida g'alla xosilidan o'rib olingan yer maydonining 1 gektari yongan.

Hozirda hodisaga sababchi shaxslar aniqlanmoqda va tegishliligi bo'yicha qonuniy chora ko'riladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92815 | Инструменты