Huawei 1
Angliyada chop etiluvchi jurnalda O'zbekiston oliy ta'lim muassasasi to'g'risida maqola chiqdi

Quacquarelli Symonds (QS) xalqaro reyting agentligining Angliyada chop etiladigan QS Global Education News xabarnomasida “TIIAME only Uzbek institution represented in QS EECA rankings (TIQXMMI - QS EECA reytingidan joy olgan O'zbekistonning yagona instituti)” sarlavhali Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti haqida maqola chop etildi.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 2019 yilda QS xalqaro reyting agentligining Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari reytingida 301-350 o'rinda qayd etilishi o'zbek OTMlari tarixida erishilgan yuqori natija bo'ldi. Mazkur natija QS ning 2020 yilgi yillik hisoboti (Yearbook) da aks etgan.

Maqolada TIQXMMIning QS EECA reytingda 301-350 o'rinda qayd etilishi, institutda global standartlar asosida yuqori sifatli ta'lim, ilmiy hamda akademik ishlar olib borish yoshlarga uchun yaratilgan sharoitlar to'g'risida gap ketar ekan, institut rektori, Respublika Oliy ta'lim kengashining raisi O'ktam Umurzakovning “pandemiya sharoitida ta'lim berishni bir daqiqaga ham to'xtatmadik” degan so'zlari keltirib o'tilgan.

Aytish joizki, QS-GEN (Global Education News) xabarnomasi, shu kungacha chop etilib kelinayotgan QS WOWNEWS jurnalining mantiqiy davomi bo'lib, avgust oyida o'zining birinchi sonini nashrdan chiqardi.

Xabarnoma o'z ichiga dunyo OTMlar yangiliklari, shu jumladan, talabalar va professor-o'qituvchilarning yutuqlari, dastur ishlanmalari, ilmiy yutuqlar, innovatsiyalar, xalqaro hamkorlik va hamkorlik doirasida tuzilgan shartnomalar, talabalar shaharchasi va OTM huzuridagi ilmiy markaz hamda laboratoriyalarning ochilishi kabi muhim yutuqlarni targ'ib qilib boradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90400 | Инструменты