Huawei 2
Apple iPhone SE telefoniga suratni yanada sifatli qayta ishlash imkonini beradigan protsessor o'rnatdi

Amerikaning mashhur kompaniyasi Apple’ning eng so'nggi mahsuloti, iPhone SE xususiyatlari ko'pchilikni qiziqtirsa kerak.

Qurilmaning displeyi uning qolgan «aka-ukalari»ga qaraganda kichikroq – 4,7 dyuymni tashkil qiladi. Ya'ni, ushbu gadjetni bir qo'lda ushlash, boshqarish nisbatan qulay va oson.

Qurilmaning dizayniga keladigan bo'lsak, u tashqi ko'rinishidan iPhone 6ni esga soladi. Apple eski modeldagi telefon ishlab chiqaribdida, demang! iPhone SE iPhone 6ga o'xshab ketsada, ularni o'zaro solishtirsangiz, yaqqol farqni xis qilasiz.

Telefonning orqa panelida bir dona, ammo o'ta sifatli suratga oluvchi kuchli kamera joylashgan. Shuningdek, unda A13 Bionic chip – eng so'nggi protsessor o'rnatilgan. Bu suratni yanada sifatli qayta ishlash imkonini yaratadi.

Murakkab o'yin ishqibozlari uchun ushbu telefonning batareyasi biroz muammo tug'dirishi mumkin. Akkumulyator kuchi 1821 mAs.ni tashkil qiladi. Ya'ni, telefonning bir marta to'ldirilgan quvvati o'rtacha 4-5 soatga yetadi. Qurilmaning quvvatlanish muddati 2-2,5 soatni tashkil qiladi.

Telefonda Face ID (telefon qulfini inson yuz shakli orqali ochish) funksiyasi mavjud emas. Uning o'rnini eski va qadrdon funksiya – Touch ID to'ldirgan. Qurilma ortiqcha namlik va chang-g'ubordan himoya funksiyasiga  ham ega. Uni bemalol qo'lga olib, hatto sovun bilan yuvishingiz ham mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga