Arafa kuni qaysi hayitga tegishli?

Abdul Azim Ziyouddin domla Arafa kuni qaysi hayitga tegishli ekanligigajavob berdi.

"Qurbon hayitidan bir kun oldingi kunni arafa kuni deyiladi. Qurbon hayiti Zulhijja oyining 10-kuni bo'ladigan bo'lsa, bir kun oldin 9-kuniga arafa kuni deiladi. O'sha kuni Hojilar Arafa tog'iga chiqishadi. Bizda Qurbon hayitidan bir kun oldingi kun Arafa kuni deyiladi. 

"Yolg'on arafa kuni" iborasini Ramazon hayitiga ishlatish ba'zan xalqimiz orasida uchraydi. Balki ommalashyapti deyshimiz ham mumkin. "Yolg'on arafa", "Chin arafa" deyish ham kuzatiladi. 

Arafani Ramazon hayitiga aloqasi yo'q. Bu Qurbon hayitiga aloqador so'zdir. Chunki aynan shu hayitdan bir kun oldin hojilar Arofat tog'iga chiqadi, shu kuni Arafa kuni deyiladi. 

"Chin arafa", "Yolg'on arafa" deyish tarixiy bir voqeaga borib taqaladi. 

Ya'ni Ibrohim alayhissalom bilan Ismoil alayhissalom voqeasiga borib taqaladi. Tush ko'radilar, birinchisi yolg'on bo'lsa kerak deb o'ylaydilar, keyin esa chin ekan deydi. Shundan kelib chiqib, bu atamalar odamlar onggiga turib qolgan. Biz bunga hech narsa demaymiz, lekin bu ibora Ramazon hayitiga nisbatan ishlatilmagan. Faqatgina Qurbon hayitiga nisbatan ishlatilgan. 

Diniy taraflama bu narsani bilib qo'ysak yomon emas. Shunda to'g'riroq ma'noda bu narsani ishlatamiz", - deydi domla. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61906 | Инструменты