Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi va “Oʻzenergoinspeksiya” Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Bag‘dod tumani, “Do‘rmoncha” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro M.A. o‘z xonadonida texnik talablarga zid ravishda dizel yonilg‘isi sotilayotganligi ma'lum bo‘ldi.
Fuqaro M.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida 640 litr dizel yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, bu kabi holat Toshloq tumani, "Qaqir" MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro X.M. o‘ziga tegishli avtotransport yukxonasida texnik talablarga zid ravishda 700 litr neft mahsulotini tashish vaqtida ham aniqlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20521 | Инструменты