Ijtimoiy tarmoqlarda “Jasjan” nomi bilan mashhur bloger J.Sh. tomonidan olingan Toshkent tumanida hayot uchun xavfli holat aks etgan video tarqaldi. Bu video ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keskin e’tirozlariga sabab bo’ldi.
Mazkur holat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi va Toshkent shahar IIBB tomonidan o’rganildi. Natijada J.Sh. atrof-muhitni ifloslantirib, belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bog‘liq huquqbuzarlikni qasddan, jamoaviy sodir etgani ma’lum bo’ldi.
Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 91¹-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari — 1 million 875 ming so’m miqdorida jarimaga tortildi.
Ta’kidlash joizki, J.Sh. tomonidan bunday huquqbuzarlik avval ham sodir etilgan. Hozirda ichki ishlar organlari tomonidan holatga huquqiy baho berilmoqda va qat’iy choralar ko’riladi. Shuningdek, huquqbuzarning hamrohlari shaxsiga aniqlik kiritilmoqda va ularga ham qonuniy chora ko‘rilishi ta’minlanadi.
Ta’kidlash joizki, 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilingan. Bu esa atrof-muhitni muhofaza qilish eng muhim masalalardan biri ekanligini anglatadi. Bu boradagi har qanday huquqbuzarlik qat’iy javobgarlikka sabab bo’ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10504 | Инструменты