Avstraliyalik olimlar bel og‘rig‘ini davolashda yangi usulni o'ylab topishdi

Dunyoda bel og‘rig‘idan aziyat chekuvchi bemorlar ko‘p. Ammo turli muolajalarga qaramay, bu darddan to‘liq xalos bo‘la olmayotganlar ham ko'p uchraydi.

Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels universiteti olimlari bu muammodan tez va oson xalos bo‘lish imkonini beruvchi yangi davolash usulini topdi. U maxsus “miya mashg‘ulotlari”ni o‘z ichiga oladi.

Tadqiqotchilar fikricha, “Plasebo effekti” deb nomlangan bu usul, bel og‘rig‘ini davolashda, uqalash muolajalari va dori-darmonlar terapiyasiga nisbatan ancha yuqori natija beradi. Chunki muammoning ildizi ko‘pincha belda emas, markaziy asab tizimidadir.

O‘tkazilgan tajribada bel og‘rig‘idan aziyat chekayotgan bemorlar ikki guruhga bo‘lindi. Birinchi guruh 12 hafta davomida manual terapiyani qabul qilgan.

Qolganlar esa yangi usuldagi maxsus “miya mashg‘ulotlari” kursidan o‘tdi. Yakunda ikkinchi guruh eng yaxshi natijani qayd etib, bemorlar bel og‘riqlaridan xalos bo‘ldi.

Bu texnologiya suyak va mushaklar yoki orqa miya disklari bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga qaratilmagan. Balki markaziy asab tizimi bilan ishlashga asoslangan.

To‘g‘ri, og‘riqlarning sabablari ko‘p bo‘lishi mumkin. Har bir holat, albatta, o‘ziga xos yondashuvni talab qiladi. Ammo bunday omillar orasida davomli stress eng keng tarqalgani. Og‘riq sindromi mushaklarda spazm paydo bo‘lishi tufayli yuzaga keladi, bu esa normal qon aylanishiga halaqit beradi.

Nofaol turmush tarziga ega hamda kamharakat kishilar bunday kasalliklarga ko‘proq moyil. Shu bois, tadqiqotchilar “yangi usul tibbiyotda katta samara beradi”, degan xulosada.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51519 | Инструменты