2025 yil 1 yanvardan boshlab avtobuslarda naqd pul qabul qilish cheklanganligi va bu jarayon qanday tartibda amalga oshirilishini yo‘lovchilarga yaqindan tushuntirish maqsadida, nazoratchilardan iborat maxsus ishchi guruh o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Shu munosabat bilan, 4 yanvar kuni "Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish" davlat muassasasi "Nazoratchilar guruhi" xodimlari va Transport nazorati inspeksiyasi inspektorlariga, jamoat transportida to‘lovlarni amalga oshirilganligini nazorat qilish va yo‘lovchilarga tushuntirish-targ‘ibot ishlarini o‘tkazish bo‘yicha maxsus yo‘riqnoma o‘tkazildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10823 | Инструменты