Huawei 1
Avtobuslarda yo‘l kirani naqd pulda to‘lovchilar chiptani endi bekat va infokiosklar orqali sotib oladi

2025 yil 1 yanvardan boshlab, Toshkent shahrida avtobuslarda naqd pul qabul qilish amaliyoti to‘xtatiladi va to‘lovlar elektron tarzda, transport kartalari yoki bank kartalari orqali qabul qilinadi.

Transport vazirligi naqd pulda to‘lov qilmoqchi bo‘lgan yo‘lovchilarga qanday yo‘l tutish haqida tushuntirish berdi: bu holatda shahardagi bekatlarda va ular yaqinida o‘rnatilgan to‘lov qurilmalari (Paynet, MultiPay va Oson infokiosklari) orqali bir martalik chipta xarid qilish lozim bo‘ladi.Yo‘l haqini tez va arzon to‘lash uchun esa elektron to‘lov tizimlaridan foydalanish tavsiya etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13106 | Инструменты