Huawei 2
Avtomobil yo’llari qo’mitasida ishlovchi xodimlarning 16 foizini yoshlar tashkil qiladi

Respublikada iyun oyini “Yoshlar oyligi” sifatida o’tkazish an’anaga aylangan. Oylik doirasida “Butunjahon yoshlar festivali” hamda turli katta kichik tadbirlar o’tkazilmoqda. Navbatdagi tadbir “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”ga bag'ishlanib, unda transport vaziri o’rinbosari bilan suhbat tashkil etildi. 

Uchrashuv avvalida vazir transport sohasida amalga oshirilayotgan ishlarda yoshlarning o’rniga to’xtalib o’tdi. Xususan, birgina avtomobil yo’llari qo’mitasida ishlovchi xodimlarning 16% qismini yoshlar tashkil qiladi.

Tadbirda yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Sohani rivojlantirish bilan bog’liq takliflarini bildirishdi. Transport parkini yaratish, jamoat transportida naqd puldan foydalanish tizimini ham tartibga solish singari takliflar shular jumlasidandir.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 63023 | Инструменты