Andijonda bir nechta shaxslar bir kishini temir jism bilan kaltaklashdi

29-iyun kuni Andijonda bir necha shaxslar bir kishini temir jism bilan urib, tan jarohati yetkazgani aytilgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati IIB Matbuot xizmati maʼlumot berdi.

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat sodir etishda gumonlanayotgan barcha shaxslar qo‘lga olingan. Ularga nisbatan Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan JKning 105-modda 2-qismi “i” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

"Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligi taʼminlanadi"  - deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70217 | Инструменты