Huawei 1
Ayrim investitsiya loyihalari uchun yerlar tanlovsiz ajratiladi

Prezident tomonidan «Respublikada agrosanoat sohasiga yangi bozor mexanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan bog‘ va tokzorlarni barpo qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmon imzolandi.

2025 yilda 29,2 ming ga yer maydonida yangi intensiv mevali bog‘ va tokzorlar barpo etish rejalashtirilmoqda.

Zaxiradagi yer uchastkalari yangi sanoat intensiv bog‘lari va uzumzorlarini barpo etish uchun agentlikka yoki u tomonidan tanlangan tadbirkorlik sub’yektiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri ijara huquqi bilan ajratiladi. Bunda, istisno tariqasida:

  • investitsiya loyihasining qiymati 10 mln AQSh dollaridan kam bo‘lishiga;
  • eng yaxshi taklifni tanlash bo‘yicha tanlov o‘tkazilmasligiga;
  • oldindan maxsus hisobvaraqqa pul joylashtirmasdan hamda yer uchastkalarining aniq ro‘yxatini yer ijarasi shartnomalarida belgilash sharti bilan yer uchastkalarini realizatsiya qilishga ruxsat beriladi.

Agentlikka o‘ziga ijara huquqi bilan ajratilgan yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida tadbirkorlik subyektlariga qayta ijaraga berish huquqi beriladi.

Yer uchastkasi bog‘ va tokzorlardan foydalanish huquqi bilan 30 yil muddatgacha ijaraga beriladi.

Yangi bog‘larni barpo etishni Jamg‘arma kredit resurslari hisobidan tijorat banklari orqali moliyalashtirishning quyidagi tartibi joriy etilmoqda:

  • birinchi bosqichda — yerni ekishga tayyorlash uchun imtiyozli kreditning 10 foizgacha miqdorida;
  • ikkinchi bosqichda — ko‘chat sotib olish va ekish xarajatlariga imtiyozli kreditning 40 foizgacha miqdorida;
  • uchinchi bosqichda — sug‘orish tizimlarini o‘rnatish xarajatlariga imtiyozli kreditning 30 foizgacha miqdorida;
  • to‘rtinchi bosqichda — bog‘ hosilga kirgunga qadar 3 yil parvarishlash xarajatlariga imtiyozli kreditning 20 foizgacha miqdorida ajratiladi.

2025 yil 1 yanvardan boshlab:

  • tuman (shahar) komissiyasi tomonidan iqtisodiy jihatdan samarasiz va kam hosilli bog‘ va tokzorlar deb xulosa berilgan sanadan boshlab 12 oy davomida yangi bog‘ yoki tokzorlar barpo etilmagan taqdirda ushbu bog‘ va tokzorlar joylashgan maydonlar uchun yer solig‘i 3 baravarga oshiriladi;
  • O‘zbekiston kafolati ostida jalb qilingan xorijiy kreditlar hisobidan zamonaviy issiqxonalarni tashkil etish hamda maydoni 1 gektar va undan yuqori bo‘lgan yangi bog‘lar barpo etish loyihalarini, texnik-iqtisodiy asoslari mavjud bo‘lganda hamda Agentlik tomonidan ijobiy xulosa berilganda amalga oshirishga ruxsat etiladi. Bunda tashabbuskorlar yangi bog‘larni barpo etishda o‘z ehtiyojlari uchun xorijiy davlatlardan ro‘yxatdagi payvandtagli mevali ko‘chatlar va payvandtaglar, payvando‘stlari, onalik materiallari va texnikalarni import qilishda QQS va bojxona bojlaridan ozod etiladi.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100517 | Инструменты