“O‘zenergoinspeksiya” hukumat bo‘ysunuviga o‘tishi munosabati bilan ayrim qarorlarga o‘zgartirish va qo‘shinchalar kiritish, ba’zilarini esa o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qilindi.
Hujjat bilan, joriy yilning 1-oktabridan boshlab bir qator iste’molchilarga o‘z ixtiyori bilan soliq va boshqa imtiyozlarni saqlab qolgan holda elektr energiyasi uchun to‘lovlarni II yoki III tarif guruhlarida amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Bu quyidagilar uchun amal qiladi:
Bunda iste’molchilar hisobot oyi boshlanguniga qadar elektr ta’minoti korxonasiga murojaat qilishlari kerak bo‘ladi.
Yoqilg‘i-energetika resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq qoidabuzarliklar bo‘yicha undirilgan zarar summasi taqsimoti o‘zgardi.
“O‘zenergoinspeksiya"ning maxsus maqsadli hisobvarag‘iga kelib tushgan qismidan 20%i holatni aniqlashda tashabbus ko‘rsatgan organga, 10%i esa Bosh prokuraturaning rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Bu 1-oktabrgacha aniqlangan noqonuniy holatlarga hamda hukumat huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi bayoni bilan tasdiqlanadigan taqsimot proporsiyasiga muvofiq tushadigan mablag‘larga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Yoqilg‘i-energetika resurslarini iqtisod qilish rejalari bajarilishini ta’minlagan hamda huquqbuzarlikka qarshi kurashishni samarali tashkil etgan prokuratura organlari xodimlari rag‘batlantiriladi.
Bunda ularga Bosh prokuraturaning rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan har oyda ish haqining 50% miqdorida mablag‘ beriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100318 | Инструменты