Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasida “Ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev tizimda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.
Unga ko‘ra, endilikda kambag‘al oila reyestridagi talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 80 foizdan yuqori bo‘lsa, keyingi o‘quv yili uchun davlat granti va foizsiz kredit taqdim etilishi rejalashtirilgan. Bu kelgusida yoshlar yetuk mutaxassis bo‘lishiga zamin yaratadi.
Maʼlumot o‘rnida taʼkidlash lozimki, 2024-yil 1-dekabrdan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Kambag‘al oilalar reyestri shakllantirilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122017 | Инструменты