Avvalroq, farmatsevtika sohasidagi startap loyihalarni moliyalashtiradigan venchur jamg'armasi tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.
Ushbu hujjat bilan davlat rahbarining 2018-yilning iyun oyidagi import tovarlarga bojxona bojlari belgilangan qaroriga o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilgan.
Xususan, 3004 (tovarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha kodi) pozitsiyasidagi tovarlar uchun 2% miqdorida boj joriy etish belgilandi. Amalda bu 0% darajasida edi.
Bu toifaga terapevtik yoki profilaktik maqsadlarda foydalanish uchun aralash yoki aralashmagan mahsulotlardan tashkil topgan, dozalangan dori shakli shaklida qadoqlangan (shu jumladan transdermal tizimlar shaklidagi dori vositalari) yoki chakana savdo uchun shakl yoki qadoqlangan dori vositalari kiradi. Bundan 3002, 3005 yoki 3006 tovar pozitsiyalari tovarlari mustasno.
Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uyg‘unlashtirilgan tizimiga (“HS Code”) ko‘ra, 3004 kodiga kiruvchi preparatlar sifatida quyidagilar nazarda tutiladi:
- tayyor shakldagi antibiotiklar;
- og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi dorilar;
- virusga qarshi preparatlar;
- gormonal dori vositalari;
- kardiologik preparatlar;
-qandli diabetga qarshi dorilar;
- antigistamin preparatlar;
- o‘smaga qarshi vositalar;
- dori vositasi maqomiga ega vitaminlar va biologik faol qo‘shimchalar.
3004 kodiga kirmaydigan preparatlar:
- zardob, vaksinalar va qon preparatlari (3002)
- dori plastirlari va bog‘lov materiallari (3005);
- kontrast moddalar va diagnostik reaktivlar (3006).
Bunda 3004 kodi yakuniy iste’molchiga mo‘ljallangan dori vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishda qo‘llaniladi (3003 kodi ostida yuritiladigan farmatsevtik substansiyalardan farqli o‘laroq).
Alpha version: 0.9.1.19 build 13101 | Инструменты