Naimov Azamat Hikmatovich Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.
Tayinlovga qadar u Buxoro viloyati Innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Azamat Naimov 1993-yil Buxoro viloyatida tugʻilgan. U 2015-yili Buxoro davlat universiteti (bakalavr), 2019-yilda Bank-moliya akademiyasini (magistratura) tugatgan.
2017-2020-yy. Akademik M.Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida turli lavozimlarda ishlagan, 2019-yil "El-yurt umidi" jamg‘armasi hamda Germaniya Sharqiy qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan dastur doirasida Germaniyaning “Schmitz Cargobull AG” kompaniyasida stajirovka o‘tagan, 2020-2021-yy. Buxoro viloyati Qishloq xoʻjaligi boshqarmasida boshqarma boshligʻi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61306 | Инструменты