Banklararo to'lov tizimi orqali elektron to'lovlarni amalga oshirish tartibi to'g'risidagi nizomga o'zgartirishlar va qo'shimcha kiritildi

Markaziy bank boshqaruvining qarori 2020 yil 29 sentabr, 1545-3-son) bilan “Markaziy bankning banklararo to'lov tizimi orqali elektron to'lovlarni amalga oshirish tartibi to'g'risida”gi nizomga o'zgartirishlar kiritildi.

Ushbu qaror “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi va “To'lovlar va to'lov tizimlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

Nizomga, jumladan, quyidagi o'zgartirishlar kiritildi:

- naqd pulsiz hisob-kitoblarda qo'llashga mo'ljallangan hamda muomalada mavjud bo'lmagan hisob-kitob cheklariga doir normalar chiqarib tashlandi;

- banklararo to'lovlarni Tezkor to'lovlar tizimi orqali uzluksiz 24/7 rejimida amalga oshirish masalalarini o'z ichiga olgan 7-bob bilan to'ldirildi;

- elektron to'lov hujjatlari ro'yxati masofadan xizmat ko'rsatish tizimlari orqali o'tkaziladigan to'lov topshiriqnomasi bilan to'ldirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61312 | Инструменты