Huawei 1
Barcha dasturlar doirasida 292 ta mahallada jami 1 342 km ichimlik suv tarmoqlari va 225 ta suv inshooti qurildi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov qurilish va kommunal sohada 2024 yil yakunlari haqida maʼlumot berdi. 

2024 yilda jami 9 ta shahar, 43 ta shaharcha va 94 ta qishloqning bosh rejalari ishlab chiqildi.

Natijada, bosh rejalar bilan taʼminlash darajasi shaharlar bo‘yicha 97 foizga, shaharchalarda 25 foizga, qishloqlar bo‘yicha 22 foizga yetdi.

“Yangi O‘zbekiston” massivlarida va aholi talabgor hududlarda 1 984 ta zamonaviy ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, ushbu uylarni muhandislik-kommunikatsiyalari bilan taʼminlash maqsadida:

- 100 km avtomobil yo‘llari;

- 63 km ichimlik va oqova suv tarmoqlari hamda 18 ta suv inshootlari;

- 68 km isitish tarmoqlari va 22 ta qozonxonalar;

- 208 km elektr tarmoqlari va 224 ta transformatorlar;

- 29 km gaz tarmoqlari va 16 ta gaz taqsimlash punktlari barpo etildi.

“Shaffof qurilish” tizimi orqali 23 mingga yaqin obyekt loyihasi ekspertizadan o‘tkazildi va natijada salkam 8 trln so‘m mablag‘ loyihalarning smeta qismidan iqtisod qilindi.

“Reyting elektron platformasi”ning mezonlari va ko‘rsatkichlari takomillashtirildi va ushbu reytingga kiritilgan qurilish tashkilotlari soni 17 mingdan ortib, loyiha tashkilotlari soni 2300 taga yaqinlashdi.

Bundan tashqari, uylardagi 374 mingdan ortiq elektr xo‘jalik obektlari xatlovdan o‘tkazilib, “qizil” “sariq” “yashil” toifalarga ajratildi. Shu asosda “qizil” toifadagi 108 mingdan ortiq shitlar mukammal taʼmirlandi.

Ko‘p qavatli uylardagi eskirgan 528 ta lift yangi va zamonaviysiga almashtirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10909 | Инструменты