Huawei 2
Barcha ta'lim tashkilotlarida o'qish qachondan boshlanishi ma'lum bo'ldi

Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining ma'lum qilishicha, O'zbekistondagi barcha ta'lim tashkilotlarida dars jarayonlari 5-sentyabrdan boshlanadi.

Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar 4 kun dam oladi.

1-sentyabr — payshanba (ishlanmaydigan bayram kuni);

2-sentyabr — juma (ish haftasi turidan qat’iy nazar qo‘shimcha dam olish kuni);

3-sentyabr — shanba (olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

4-sentyabr — yakshanba (dam olish kuni).

Demak, 5-sentyabr, dushanba kuni barcha ta’lim muassasalari uchun 2022-2023-o‘quv yilining ilk o‘qish kuni bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga