Huawei 1
Baxtiyor Mardonov Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Hukumat qarori bilan Baxtiyor Mardonov Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Baxtiyor Mardanov Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. 2018-yildan beri Navoiy davlat konchilik instituti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur universitet prezidentning 2022-yil 31-martdagi qarori bilan tashkil etilganligi haqida xabar qilgan edik.

Universitetda sanoat, texnika-texnologiya, muhandislik sohalari uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50209 | Инструменты