Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari etib tayinlandi
Xidoyatov Davron Abdulpattaxovich boshqa lavozimga tayinlanishi munosabati bilan Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari vazifasidan ozod etildi.
Uning o'rniga ushbu lavozimga Rahmonov Baxtiyor Sultonovich tayinlandi.
Baxtiyor Rahmonov 1959 yilda Toshkent viloyatida tug'ilgan.
1981 yilda Kiyev muhandislik-qurilish institutini, 2000 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Ko'p yillar davomida qator rahbarlik lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan.
2018 yildan shu kunga qadar Toshkent shahar Olmazor tumani hokimi lavozimida ishlagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82415 | Инструменты