Huawei 1
Bekobod tumanida xandaqni qazish vaqtida tuproq qatlami fuqaro ustiga tushib ketdi

Kuni kecha Toshkent viloyati, Bekobod tumani, Dalvarzin mahallasi hududida yangi barpo etilayotgan qurilish obyektida yuzaga kelgan vaziyat oqibatida bir nafar fuqaroning hayoti saqlab qolindi.

Voqea ushbu qurilish obyektining oqava suvlari uchun xandaq qazish ishlari olib borilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, mazkur xandaqni qazish ishlari yer sathidan 4 metr chuqurlikka yetganda, tuproq qatlami ko‘chib, fuqaro M.M. ustiga tushib ketadi.

Ayni hodisaga guvoh bo‘lgan quruvchilar Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilib, sodir bo‘lgan vaziyat haqida xabar bergan.

Zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan qutqaruvchilar fuqaroni chuqurlikdan olib qichib, tibbiy yordam xizmatiga topshirdilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102422 | Инструменты