Huawei 1
O‘zbekistonda uzumning yangi navlari yetishtiriladi

Koreya Respublikasining “TNS Global Group” kompaniyasi – qishloq xo‘jaligida yangi navlarni yaratish, eksportbop mahsulotlarni yetishtirish borasida katta tajribaga ega va yangi navlarni tanlashdan tortib quritishgacha bo‘lgan texnologiyani ishlab chiqqan.

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida Koreya Respublikasining “TNS Global Group” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.  

Muloqotda kompaniya vakillari tashrif doirasida yurtimiz qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyati bilan tanishganini ma’lum qildi.  

“TNS Global Group” direktori  mamlakatimizda ochiladigan bog‘larda ilg‘or tajriba asosidagi tizimni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.  

Uchrashuv doirasida fitosanitariya tahlillarini olib boradigan Markaziy fitosanitariya laboratoriyasi faoliyati o‘rganildi va fitosanitar xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama etildi, deyiladi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi ma’lumotida.

Shuningdek, bugungi kunda Janubiy Koreyaga eksport qilinayotgan meva-sabzavotlarning sifat nazorati, yuzaga kelayotgan muammolar tahlil etildi, ularni bartaraf etish choralari ko‘rib chiqildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102422 | Инструменты